TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3234

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan330Jumlah tampilan
Diposting10 Okt10/10/2025, 14.11
Isi postingan

Isi

📌Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ilm-fan haftaligi” doirasida Ingliz tili fani o‘qituvchisi M. Samatova tomonidan 10-“A” va 10-“B” sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili fanidan “Smart Shopping” nomli loyiha ishi musobaqa tarzida o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilida ijodiy fikrlash, jamoada ishlash va zamonaviy xarid qilish madaniyatini o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Eng faol jamoalar rag‘batlantirildi. Tadbirda o‘quvchilarga bilimning inson hayotidagi o‘rni, uzluksiz o‘rganish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ustozlar o‘z hayotiy tajribalari orqali yoshlarga ilmga chanqoqlik va intilish hissini singdirishdi. Mazkur davra suhbati o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, tafakkurni kengaytirish hamda ma’naviy barkamollikka yo‘naltirishga xizmat qildi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK