Isi
✅✅✅✅ #Namangan Namanganda tizimdagi ta’lim sifati va sharoitlari o‘rganildi 📆Joriy yilning 8-oktabr kuni Agentlik rahbari Sevara Shakirova Namangan viloyatida bo‘lib, tizimga kiruvchi Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Namangan Prezident maktabi, Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi, Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi faoliyatini o‘rgandi. Tashrif davomida: ➡️institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim jarayonining joriy holati, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va talabalar bilan ishlash samaradorligi muhokama qilindi. ➡️ Rahbar tomonidan o‘quv dasturlarini amaliyotga yaqinlashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berildi. ➡️ Talabalar va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ta’lim sifati va ijtimoiy faollikka doir takliflari tinglandi. ❗️Shuningdek, joriy o‘quv yilida foydalanishga topshirilgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi, Prezident vaIs’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi, Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quv binolari, oshxona va yotoqxona sharoitlari, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. O‘quvchilarning ovqatlanish sifati, issiqlik ta’minoti hamda sanitariya talablari joyida tekshirilib, mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi. ❗️ Tashrif yakunida Sevara Shakirova ta’lim muassasalarida sifat, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 📎Eslatib o‘tamiz, avvalroq Agentlik rahbari Sevara Shakirova Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurgani va o‘quv jarayonlarini o‘rgangani haqda xabar bergan edik. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal