Isi
✅✅✅✅ Amaliy o‘rganish – yangi g‘oyalar sari qadam Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabga tashrif buyurdi. ✅ Tashrif davomida rahbar: ➡️ 10-sinf o‘quvchilari bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Suhbatda maktabning Yangi O‘zbekiston universiteti bilan integratsiya qilinishi, bu tizimda ta’lim jarayonining qanday tashkil etilgani haqida fikr almashildi; ➡️ maktabning ta’limiy va tashkiliy faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ilg‘or tajribalar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. ❗️ Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — tizimdagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va universitet bilan uzviy aloqadorlikda o‘quv jarayonlarini takomillashtirishdan iborat. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal