TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3259

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan301Jumlah tampilan
Diposting13 Okt13/10/2025, 06.58
Isi postingan

Isi

#_Kelajak_soati #_Boqiy_shaharlar ♻️♻️♻️ O'zbekiston qadimdan tarix va madaniyatga boy yurt. Bizning ona diyorimizda har bir tuproq zarrasi o'zida ajdodlarimizning izini mehnatini va mahoratini saqlab keladi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi shaharlarimiz- bu nafaqat tariximizning guvohlari, balki boqiy shaharlarimiz, ya'ni abadiyatga aylangan bebaho xazinalardir. Bugun 2025-yil 13-oktyabr kuni Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ,, Boqiy shaharlarimiz " mavzusida kelajak soatlari o'tildi. Darsda ajdodlar merosi, tariximiz va boqiy shaharlarimiz haqida so'z yuritildi. Ustozlar har bir yurtning qadr-qimmati uning o'tmishida, madaniyatida va yodgorliklarida namoyon bo'lishlari haqida ma'lumotlar berib o'tdi. O'zbekiston ham tarixiy shaharlar safiga kirib , muqaddas maskanlar va me'moriy durdonalarga boy diyor ekanligini alohida ta'kidladi. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK