Isi
#Buxoro_viloyati Ta’lim sifati va sharoitlarga e’tibor — o‘rganish markazida! 🤩Agentlik direktor o‘rinbosari Xasan Shakirov Buxoro viloyatidagi bir qator ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi. 😀 Xasan Shakirov Olot va Qorako‘l tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda, Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida, shuningdek, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi maktabning Buxoro filialida bo‘ldi. O‘rganish davomida: ➡️ o‘quv-tarbiya jarayonlari, ➡️ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ➡️ o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanish tartibi, ➡️ autsorsing xizmatlari faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Buxoro Prezident maktabi faoliyati ham o'rganilib, sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. ✔️Tashrifdan maqsad — ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, o‘qitish va tarbiya sifatini oshirishdan iborat. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal