TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3371

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan307Jumlah tampilan
Diposting15 Okt15/10/2025, 17.07
Isi postingan

Isi

📰📰📰📰📰📰📰 Agentlik va Britaniya Kengashi o‘rtasida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Britaniya Kengashi (British Council) o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Britaniya Kengashining Yevropa bo‘yicha Global baholash yechimlari menejeri Aidan Holland ishtirok etdi. 🤝 Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Britaniya Kengashi so‘nggi 25 yil davomida O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilar malakasini takomillashtirish yo‘nalishida faol ish olib bormoqda. Sevara Shakirova ta’kidlaganidek, Britaniya Kengashi bilan o‘rnatilgan strategik hamkorlik — ta’lim tizimida xalqaro standartlarni joriy etishda muhim omil. Ayniqsa, ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish, IELTS markazlarini ko‘paytirish va resurs markazlari tarmog‘ini kengaytirish yo‘nalishlari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Aidan Holland esa O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholab, baholash va sertifikatsiya sohasida zamonaviy xalqaro yondashuvlarni joriy etish, o‘qituvchilar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ta’limda xalqaro integratsiyani chuqurlashtirishga kelishib oldilar. ❕Bu uchrashuv — chet tillarini o‘qitish sifatini oshirish, o‘qituvchilar salohiyatini yuksaltirish va o‘quvchilarga global imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal