TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3442

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan471Jumlah tampilan
Diposting21 Okt21/10/2025, 16.14
Isi postingan

Isi

O‘ZBEK TILI – ONAJONIM TILI BU (21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni) Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shavkat MIRZIYOYEV Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmat yil sayin ortib bormoqda. Bunday e’tibor Vatanini sevgan, o‘zbek ekanligidan faxrlanadigan, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglagan har bir yurtdoshimiz yuragida o‘zgacha quvonch, faxriftixor tuyg‘ularini uyg‘otishi tabiiy. Prezidentimizning «Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir», degan fikrlari mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirishga qaratilgan ezgu ishlarning asl mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadidagi ushbu ezgu harakatlar ona tilimizga qayta jon baxsh etgandek bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni muqaddas qadriyat sifatida avloddan-avlodga yetkazish uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Biroq, hozir ham kelajakni xorijiy til bilan tasavvur etadigan, endi bog‘chaga borayotgan farzandi bilan ham rus yoki ingliz tilida so‘zlashishni muvaffaqiyat, deb biladigan oilalar bor. Axir inson bolasi, avvalo, o‘z ona tilini bilsa, «Ona» so‘zini talaffuz qilib, Vatanni, muqaddas qadriyatlarni anglagach, boshqa tillarni o‘rgansa, to‘g‘ri bo‘lmaydimi? Boshqacha aytganda, poydevor milliy ruh bilan sug‘orilmasa, o‘nta tilni bilgan bo‘lsa-da, undan ertaga chinakam vatanparvar inson yetishib chiqishiga ishonish mumkinmi? Xorijiy til va o‘sha mamlakat madaniyatining shaydosi, yot ellarning qadriyatlarini ulug‘lovchi qavm yuzaga kelmaydimi? Yoki oilada o‘zbek tilida so‘zlashishni or bilgan millatdoshlarimizni kim deb atash mumkin? Bu – shu yurtda yashab turib, millatga xiyonat, ajdodlar ruhiga bepisand munosabat emasmi? O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov o‘zining «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida quyidagicha yozgandi: «Qancha ko‘p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... o‘lim oldida onasini ona tilida yo‘qlaydi...» So‘nggi yillarda «smart», «chellenj», «startap», «feyk», «press-tur» kabi boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar muloqotimizda ko‘p ishlatilmoqda. O‘zbek tilida ushbu so‘zlarning mazmun-mohiyatini anglatuvchi muqobillari ham mavjud. Biroq ko‘pchilik osonini qo‘llash yo‘lidan bormoqda. Taraqqiyot va ilm-fan rivojlanarkan, tilimizga yot so‘zlar kirib kelishi tabiiy. Asosiysi, o‘sha yangi so‘zlarni qo‘llashda ayni shu ma’noni anglatuvchi o‘z tilimizdagi so‘zlardan foydalanish, ularni targ‘ib etish, tushuntirish zarur. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-sonli bayoni bilan o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritilgan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatda motivatsiya – ruhlantirish, rag‘bat, aysberg – muztog‘, dostavka – yetkazish, link – havola, navigator – yo‘llagich, bodikamera – yonkamera, chellenj – chorlov, smart – aqlli kabi bir qator so‘zlar berilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar ilmiy muassasalardan tashqari, har bir vazirlik va idoralarda ham olib borilmoqda. Yangi so‘z va iboralarning tilimizdagi muqobil variantlarini topish va is te ’molga kiritish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarida iste’molda mavjud bo‘lgan, boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va atamalarning muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash borasida vazirlik Akademiyasi va Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan ham ilmiy o‘rganishlar olib borilib, takliflar kiritilmoqda.