TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3443

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan636Jumlah tampilan
Diposting21 Okt21/10/2025, 16.15
Isi postingan

Isi

Ichki ishlar organlarida ham o‘zbek tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish, shuningdek, xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatilib, fuqarolarga tegishli ma’lumotnoma, ruxsatnoma, guvohnoma va qayd varaqalari beriladi. Ushbu jarayonlar ham to‘liq davlat tili qoidalari asosida yuritilmoqda. Biroq ayrim o‘rinlarda hujjat loyihalarida imlo va grammatik xatoliklar ham kuzatilayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shu bois xodimlarni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» bo‘yicha o‘quv kurslarida reja asosida doimiy tarzda o‘qitib borish ham ijobiy samara bermoqda. Vazirlikning ushbu markaz bilan amaliy hamkorligi natijasida 2023-yildan buyon har yili o‘rtacha 300 nafar xodim o‘quv kurslarida ishtirok etib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib kelmoqda. Qolaversa, tarkibiy va hududiy ichki ishlar organlari ma’muriy hududidagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, e’lonlar va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek imlosida va xatolarsiz yozilishini to‘liq ta’minlash borasida reja asosida monitoring o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Albatta, bu kabi amaliy harakatlar har bir xodimning mas’uliyatini yanada oshirib, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish va qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir xodim o‘z faoliyatida, ayniqsa, fuqarolar bilan bevosita muloqot jarayonida tilni to‘g‘ri qo‘llashi, xushmuomalalik bilan fikrni aniq yetkazishi kerak. Turli vaziyatlarni boshqalarga to‘g‘ri tushuntirib yetkaza olish, muammoli holatlarni bartaraf etish, zarur kezda, adolatli qaror qabul qilish, eng asosiysi, odamlarning ichki ishlar tizimidan rozi bo‘lishlariga erishishda ham nutqiy mahorat va muomala madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar xodimning muomalasi samimiy, tili sof, nutqi ravon va aniq bo‘lsa, muloqot qilgan har bir inson va atrofdagilarda ijobiy taassurot uyg‘otishi tabiiy. Eng asosiysi, bugungi shiddatli zamonda har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashi, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab- avaylashi va rivojlantirishi muhim ekanligini unutmaslik zarur. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan, ajdodlarimizning qoni, jasorati, sabr-u matonati ila barhayot yashayotgan tilimizni asrash, uni ona Vatan, muqaddas tuproq kabi himoya qilish bugungi avlodning muqaddas burchidir.