Isi
BSB, CHSB bo‘yicha kunlik baho qo‘yish bo‘yicha eslatma! Formativ baholash (kunlik baholash): Oʻquvchiga darsda9-10 ball qo‘yiladi, agar: Faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa; Ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa. Uyga vazifalarni bajarishi: Uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa; Uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa. 6-8 ball qo‘yiladi, agar: Faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa; Faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa; Faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa. Uyga vazifalarni bajarishi: Uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa. 0-5 ball qo‘yiladi, agar: Faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa; Savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa. Uyga vazifalarni bajarishi: Uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa; Uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.