Isi
QIZLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN OLIMPIADADA TERMA JAMOAMIZ A'ZOSI BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI 📍Maykop, Adigeya Respublikasi ⚡️Joriy yilning 24-28-oktabr kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida "Assara" IV Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. ➡️Olimpiadada 20 ta davlatlardan 200 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi. 📢Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 1 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan vakil ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi: 🥉Dildora Mahkamova - Al-Beruniy nomidagi xalqaromaktab internatining 9-sinf o‘quvchisi — Bronza medal. ❗️Eslatma: O‘zbekiston 2025-yilda ushbu Olimpiadada ilk marotaba ishtirok etdi. 🇺🇿Ushbu yutuq hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir. Terma jamoamiz a’zosini tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Bizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Instagram | YouTube