Isi
#Shahrixon tumanIM #Sayohat 🏛Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-"d" sinf jamoasi kuzgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida Andijon viloyatining "Zoo park" va "Zahiriddin Muhammad Bobur" istirohat bog'iga sayohat uyushtirdilar. 🚎 24 nafar o'quvchilar Erta tongdan o'nga yaqin avtobuslarda viloyat YHXB xodimlari hamrohligida ko'zlangan manzilga otlandilar. Safarimiz davomida kuy-qo'shiqlar, qiziqarli raqslar ijro etib, yetib borildi 🌳"Andijon Zoo park" va "Zahriddin Muhammad Bobur" istirohat bog‘iga sayoxat uyushtirildi, hayvonot bog‘i va istirohat bog‘ida qiziqarli attraksionlar bolalarni o'ziga chorladi. O'quvchilar bolalikning zavqli onlaridan bahra oldilar. ♻️ Kuzgi ta'tilni maroqli o'tishi uchun mana shunday sayohatni tashkil etgani uchun Shahrixon tuman IM direktori N.Pozilovga, sinf rahbari N.Majidova hamda o'quvchilar va ota-onalar nomidan minnatdorlik bildiramiz. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK