Isi
📰📰📰📰📰📰📰 Agentlik direktori Sevara Shakirova Xitoy Xalq Respublikasining Huawei xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. ❕Maʼlumot uchun: Huawei Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini 25 yil oldin boshlagan boʻlib mamlakatimizda taʼlimning rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Mazkur uchrashuvda Agentlik tizimidagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, yangi hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 📌Shuningdek, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda aqlli sinf xonalarni yaratish, yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy uskunalar bilan kompleks raqamlashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida takliflar bildirildi. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal