Isi
NAVBATDAGI XALQARO OLIMPIADADAGI GʻALABA! ✅O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 5-10-noyabr kunlariTojikistonda bo‘lib o‘tgan Umar Xayyom nomidagi Xalqaro olimpiadada ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi. Umumiy hisobda: 2 ta oltin 🥇, 3 ta kumush🥈, 2 ta bronza🥉— jami 7 ta MEDAL! G‘oliblar bilan tanishing: 🖥Informatika yo‘nalishi g‘oliblari: 🥇Humoyun Abduraupov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 8-sinf o‘quvchisi — oltin medal 🥇Shahruz Erkinov — Nurofshon shahridagi Prezident maktabi, 8-sinf o‘quvchisi — oltin medal 🥈Jahonali Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal 🏅Ozodbek Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — honorable mention 📘Matematika yo‘nalishi g‘oliblari: 🥈Abdulaziz Radjabov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — kumush medal 🥈Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktab, 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal 🥉Azizbek Mamajonov — Guliston shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal 🥉Kamron Kamolov — Buxoro shahar 35-IDUM, 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal 📝Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal