Isi
#Shaxrixon_tumani_IM O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z maqsadlariga ega. Xususan, Prezidentimizning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida maqsad belgilangan.89-maqsad — korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish sifatida belgilandi. Ushbu maqsadni amalga oshirish bo‘yicha 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘z aksini topdi. “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirish, 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash masalalari ustuvor maqsad etib belgilangan.