TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3716

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan426Jumlah tampilan
Diposting20 Nov20/11/2025, 17.18
Isi postingan

Isi

📰📰📰📰📰📰📰 #Xitoy O‘zbekiston va Xitoy: Xitoy tili ta’limi bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda Pekin shahrida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xitoy Ta’lim vazirligi huzuridagi Xalqaro til almashinuvi va hamkorlik markaziga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yichakelishuvga erishildi: ➖O‘zbekiston maktablari uchun Xitoy tili bo‘yicha kompleks o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ➖Malakali xitoy tili o‘qituvchilarini tayyorlash va yuborish ➖Mahalliy pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish ➖O‘quv materiallarini milliy xususiyatlardan kelib chiqib moslashtirish ➖Xitoy tili bo‘yicha xalqaro HSK test markazini Agentlikda ochish ➖Talabalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar va yozgi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish. Tomonlar 2025-yil oxirigacha xitoy tili ta’limi bo‘yicha strategik hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishib oldi. Shu bilan Agentlik rahbarining Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi yakunlandi. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube