Isi
📚 Kelajak soati 🟣 Mavzu: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi Kelajak soati darsi “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga zo‘ravonlikning turlari, uning salbiy oqibatlari hamda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar suhbat, munozara va turli interfaol usullar orqali mavzuni chuqurroq anglab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 🔎 Darsning asosiy maqsadi: — O‘quvchilarda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish — Ijtimoiy faollik va mas’uliyat hissini oshirish — Bir-biriga mehribon bo‘lish, yordam qo‘lini cho‘zish kabi insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish 🤝 Biz birgalikda zo‘ravonlikka qarshi turamiz! Yoshlarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan bu kabi mashg‘ulotlar davom etadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK