Isi
#Konstitutsiya Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi. Asosiy maqsad : Oʻquvchi-yoshlar, farzandlarimiz, pedagoglar oʻzining konstitutsion huquqlarini yaxshi bilsin, oʻrgansin. Zero, davlatimiz rahbari bayram tabrigida alohida ta’kidlaganlaridek, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar, siyosiy tafakkur va huquqiy madaniyat egalari etib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifadir. Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati. Huquqlarimizdan samarali foydalanaylik, erkinliklarimizni qadrlaylik, burchlarimizni yodda tutaylik!