TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
⚡️Bugun Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 33 yil toʻldi ❗️1992-yil 10-dekabr«Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Bugun ushbu sanaga 33 yil toʻldi. Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Davlat madhiyasining muallifi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasini Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.