Isi
“Farzandlarga qoldiriladigan eng qimmat meros — yaxshi tarbiya va yaxshi kitobdir.” 📚Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Farzandingizning kelajagi bugun o‘qigan kitobdan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilgan Kitoblar yarmarkasi yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi. 📖Kitob — insonning eng sodiq hamrohi, qalb va tafakkurni yorituvchi chiroqdir. Yarmarka aynan shu ezgu maqsad yo‘lida — bolalarimizda kitob mutolaasi, ilmga chanqoqlik va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi. ✉️Bolalarning kitob tanlayotgan paytdagi hayajoni, ota-onalarning ularni qo‘llab-quvvatlashi, maktabimiz kutubxonasining boyishi — bularning barchasi tadbirning haqiqiy samarasidir. 💳Tadbirda faol qatnashgan barcha kitobsevar ota-onalar, ustozlar va mehmonlarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Farzandlarimiz kelajagi uchun eng ezgu sarmoya — ilm va kitob ekanligini birgalikda yana bir bor namoyon qildik. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK