TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #4380

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan680Jumlah tampilan
Diposting26 Des26/12/2025, 12.55
Isi postingan

Isi

#Yangi_yil☃️❄️☃️ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yangi yil mo‘jizasi” deb nomlangan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilar qalbida quvonch va bayramona kayfiyat ulashish, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida o‘tkazildi. Bayram tadbirida maktab ma’muriyati, ustozlar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Dastur davomida o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi chiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir jarayonida Yangi yilning ezgu tilaklari yangrab, o‘quvchilar faol ishtiroki va ijodiy chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur “Yangi yil mo‘jizasi” tadbiri maktab jamoasida do‘stlik, hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK