Isi
#Tabrik Yangi yil. Orziqib kutilgan onlar. Oʻtgan yil sarhisobi-yu yangi rejalar, maqsadlar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan lahzalar. Jamiyatimizda taʼlim tizimida katta islohotlar olib borilayotgan bugungi kunda ertangi taraqqiyotimiz yoʻlida farzandlar taʼlim-tarbiyasidek yuksak masʼuliyatni his etib, bir maqsad yoʻlida sobitqadam yurtdoshlar! Hazrati Navoiydek tabarruk zotlarga, Uvaysiy, Abdulla Avloniydek buyuk insonlarga hamkasb, maʼrifat ziyolari! Barchangizga kirib kelayotgan yangi yil muborak boʻlsin! Xalqimiz, muhtaram yurtboshimiz ishonchini oqlab, maʼrifatparvar ajdodlarimiz yoʻlidan borib yurtimiz yoshlarining ilm-u urfon, maʼrifat choʻqqilarini egallashlarida sizga sabot, jasorat va sogʻlik salomatlik yor boʻlsin! Ayni fursatda koʻnglingizdan oʻtayotgan munavvar orzu, maqsadlaringiz yangi parvozlarga, yuksalishlarga asos boʻlsin!Kirib kelayotgan yangi yil jamiyatimizning barcha jabhalarida, xususan, taʼlim tizimida katta yutuq va muvaffaqiyatlar yili boʻlsin! Hurmat bilan AKBAROV OʻTKIRBEK