TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Temukan konten serupa

Saluran sumber @shahrixon_tim · Post #4607 · 19 Jan

#Shahrixon_tuman_IM #Targ‘ibot-tashviqot ishlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman IM o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 391-sonli hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 162-AF-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrixon tumanidagi 46-umumta’lim maktabning vakili tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 📌 Uchrashuvlar davomida maktab rahbariyati hamda 4- va 6-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlar tashkil etildi. 📌 Imtihon asosida qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari va maktab ma’muriyatiga tashakkurnomalar topshirildi. 📌 Ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida maktabning Telegram kanallariga a’zo bo‘linib, berilgan savollarga batafsil javoblar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

Hasil

56 postingan serupa ditemukan

Pencarian global umum

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82678 · 03/04/2026, 09.32

#Targ'ibot_tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3 martdagi PF-33-sonli Farmon ijrosini ta’minlash hamda mamlakatda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi, tuman FXDYO bo‘limi rahbarlari hamda Targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida tuman hududidagi “Nurafshon-nur” xususiy korxonasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga PF-33-sonli farmonning mazmun va mohiyati targ‘ibot qilindi. Mazkur targ‘ibotda farmonning asosiy maqsadi ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimi mustahkamlash, zo‘ravonlik holatlarini tubdan kamaytirish, yoshlarning oila qurishga ongli va mas’uliyatli ravishda yondashishi hamda jamiyatda xavfsizlik va gender tengligini ta’minlashga qaratilganligi batafsil yoritib berildi. Shuningdek, tadbir davjmida tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan korxona ayollarining tibbiy ko‘rigi ham tashkil etildi. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Hashtags

Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar · Post #78567 · 17/04/2026, 14.14

#Targ‘ibot_tadbiri Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tomonidan shaharda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda. ✨Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 8-aprel kuni "Toshkent viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar" mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bugun shahar "Maʼrifat" targ‘ibotchisi, deputat F.Mashkurova ishtirokida "Adolat" MFYda joylashgan 1-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar, shuningdek, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

Hashtags

Qashqadaryo.adliya.uz

@qashqadaryoviloyatadliya · Post #36835 · 15/04/2026, 07.56

#targ’ibot NNTlar o'rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas'ul xodimi, Adliya boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida Ma'naviyat targ'ibot markazida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati haqida so'z yuritildi. SHuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi o'rni va faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, o'zaro tajriba almashildi. https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya/36819

Hashtags

"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

@uzsuvandijon · Post #19148 · 20/04/2026, 11.42

#Targ‘ibot Ichimlik suvi — hayot manbai, inson salomatligi va turmush farovonligining ajralmas qismi hisoblanadi. Biroq, aksariyat hollarda unga har kuni ehtiyoj sezsak-da, uni tejash, isrof qilmaslik va undan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga yetarlicha amal qilmaymiz. Yoshmizmi yoki kattamizmi, bundan qat'i nazar, bu borada zarur bilim va mas'uliyatga ega bo‘lish har birimizning burchimizdir. Shu maqsadda “Andijon suv ta'minoti” AJ jamoasi Xonobod shahridagi harbiy qismda bo‘lib, ichimlik suvini isrof qilmaslik, undan amaldagi tartiblarga rioya etgan holda foydalanish, foydalanilgan ichimlik suvi hamda ko‘rsatilgan oqova suv xizmati uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, qarzdorlikni yuzaga keltirmaslik, shuningdek, iste'molchilik burchi va majburiyatlariga rioya etish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bordi. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati |Website| 🗝Cabinet |🤖Bot|😄Telegram | 💬Facebook| 🌐Instagram | 📹YouTube | 🕊X |💬Chat | ✅TikTok

Hashtags

"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

@uzsuvandijon · Post #17770 · 17/01/2026, 13.45

#Targ‘ibot "Andijon suv ta'minoti" AJning targ‘ibot guruhi xodimlari bugun Andijon shahridagi Islomobod, "To‘qqizariq", "Kengash", "O‘zgarish" va "Erkin" MFYlarida faoliyat olib bordilar. Nega aynan ushbu mahallalarda? Sababi, bu manzilda yashovchi hamyurtlarimizning foydalanilgan ichimlik suvidan bo‘lgan qarzlari 2 mlrd. so‘mdan ziyodni tashkil etmoqda. Targ‘ibot davomida qarzdorlarga ogohlantirish xatlari tarqatilib, to‘lov madaniyatini shakllantirish chorasi ko‘rildi. Shuningdek, aholining ichimlik suvidan to‘g‘ri foydalanishi nazorat qilindi. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati |Website| 🗝Cabinet |🤖Bot|😄Telegram | 💬Facebook| 🌐Instagram | 📹YouTube | 🕊X |💬Chat | ✅TikTok

Hashtags

"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

@uzsuvandijon · Post #17751 · 17/01/2026, 03.59

#Targ‘ibot "Andijon suv ta'minoti" AJda tashkil etilgan targ‘ibot guruhi o‘z faoliyati davomida aholiga qarzdorlikni so‘ndirish, to‘lov madaniyatini shakllantirish, suv hisoblash uskunasidan foydalanishning afzallik jihatlari, tarmoqqa noqonuniy ulanishning zararlar kabi mavzularda tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Bu hamyurtlarimizning huquqiy bilimini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Guruh a'zolari bu gal Andijon shahridagi "Navro‘z", "Yangi turmush", "Gumbaz" va "Erkin" MFYlarida bo‘ldilar. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati |Website| 🗝Cabinet |🤖Bot|😄Telegram | 💬Facebook| 🌐Instagram | 📹YouTube | 🕊X |💬Chat | ✅TikTok

Hashtags

"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

@uzsuvandijon · Post #17660 · 10/01/2026, 09.41

#Targ‘ibot "Andijon suv ta'minoti" AJ tomonidan qarzdorlikni so‘ndirish, to‘lov madaniyatini shakllantirish maqsadida targ‘ibot varaqalari chop etildi. Unda iste'molchilarning burch va majburiyatlari o‘z ifodasini topgan. Targ‘ibot varaqalari aholining huquqiy bilimini shakllantirishga xizmat qiladi. Tafsilotlar ushbu lavhada. "Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati |Website| 🗝Cabinet |🤖Bot|😄Telegram | 💬Facebook| 🌐Instagram | 📹YouTube | 🕊X |💬Chat | ✅TikTok

Hashtags

Namangan YHXB | Rasmiy kanal

@namyhxb · Post #15904 · 07/01/2026, 04.49

#Targ'ibot Namangan viloyati IIB JXX YHXB Texnika nazorati bo'limi xodimlari tomonidan hududlarda xavfli yuk va yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Targ'ibot tadbirlari davomida haydovchilarga yo'llarda belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy amal qilishlarini tushuntirilib, yuk va yo'lovchi tashishda me'yoriy talablarni buzmaslik toʻgʻrisida ogohlantirishlar berildi. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Hashtags

Namangan YHXB | Rasmiy kanal

@namyhxb · Post #15423 · 05/12/2025, 08.56

#Targ'ibot Namangan viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan shahar ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda. Tadbir davomida haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi tushuntirildi va yo‘l harakati qoidalarini eslatib turuvchi buklet hamda flayerlar tarqatildi. Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadidagi bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Hashtags

Namangan YHXB | Rasmiy kanal

@namyhxb · Post #15061 · 20/11/2025, 14.41

#Targ'ibot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-207-son Farmoniga asosan viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan shahar ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda. Tadbir davomida harakat ishtirokchilari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi tushuntirildi va yo‘l harakati qoidalarini eslatib turuvchi buklet hamda flayerlar tarqatildi. Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadidagi bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Hashtags

Namangan YHXB | Rasmiy kanal

@namyhxb · Post #14613 · 01/11/2025, 09.00

#Targ'ibot Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan hududlarda piyoda hamda velosipedchilar bilan targ'ibotlar o'tkazildi Unda harakat ishtirokchilari hushyorlikka chaqirilib, avtomobil qatnov yo'llarida belgilangan tartib qoidalarga qat'iy rioya qilish, piyoda va velosipedchilar uchun ajratilgan yo'llardangina harakatlanish lozimligi talab etildi. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Hashtags

Toshkent shahar Kengashi

@ecopartytoshkent · Post #20893 · 02/04/2026, 13.42

#Olmazor_tumani #Targ'ibot Yoshlar va milliy qadriyatlar – e’tibor markazida! Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari T. Bobamuratov, F. Salomova hamda D. Raxmatullayevlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan rang-barang madaniy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Uchrashuvda deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni Vatanga sadoqat, ekologik madaniyat va faol fuqarolik pozitsiyasiga chorladilar. Shuningdek, talaba-yoshlarga o‘qish va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va e’tibor tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

SebelumnyaHal. 1 dari 5Berikutnya