Isi
🐝 SPELLING BEE MUSOBAQASI BOSHLANMOQDA! Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz uchun ingliz tilini yanada qiziqarli va samarali o‘rganish maqsadida Spelling Bee musobaqasi tashkil etilmoqda. 📌 Spelling Bee nima? Bu — o‘quvchilar inglizcha so‘zlarni eshitib, to‘g‘ri harflab aytish bo‘yicha bellashadigan qiziqarli musobaqa. U o‘yin shaklida o‘tkaziladi va bolalarda tilga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. 🏆 Musobaqa 2 bosqichda o‘tkaziladi 🔹 1-bosqich: Tayyorlov jarayoni A1 va A2 darajaga mos so‘zlar beriladi Talaffuz va yozish ko‘nikmalari mustahkamlanadi O‘quvchilar musobaqaga ishonch bilan tayyorlanadi 🔹 2-bosqich: Musobaqa kuni Qiziqarli va ijobiy muhit Har bir bola ishtirok etish imkoniga ega Eng faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi 🎯 Farzandingiz nimalarga erishadi? ✅ So‘zlarni to‘g‘ri yozish va eshitish ✅ Xotira va diqqatni rivojlantirish ✅ Omma oldida chiqish qobiliyati ✅ O‘ziga bo‘lgan ishonch ✅ Ingliz tiliga kuchli motivatsiya 🌟 Bizning maqsadimiz — faqat g‘oliblarni emas, har bir o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Savollaringiz bo‘lsa, bemalol yozing 😊 Organizator: English teacher Ma'suma Mirzayeva