Isi
#ijodiy_tanlov Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan shоh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan hamda viloyatdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Boburnoma – qalb va tarix” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: 1-yo‘nalish: Nazm yo‘nalishi bo‘yicha (Bobur ruboiy va g‘azallariga nazira bog‘lash) 2-yo‘nalish: Videorolik tayyorlash boyicha (Bobur siymosini yaratish) 3-yo‘nalish: Badiiy-publitsistika yo‘nalishi bo‘yicha “Bobur” videofilmi, “Yulduzli tunlar” va “Boburnoma” asarlaridan olgan taassurotlari bo‘yicha esse yozish. Tanlov uchun ishlar 9-fevral kuniga qadar qabul qilinadi. 📦 G‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanadi. Qoʻshimcha ma’lumot va ishlarni topshirish uchun ➖Telefon: +998905272868 ➖Telegram: @MYuKamola 📌 Tanlov natijalari 14-fevral kuni eʼlon qilinadi. @ima_myim