Isi
#"Oy kitobi" tanlovi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 6-sinf o'quvchilari o'rtasida yanvar oyida o'tkazilgan "OY KITOBI" tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Kitob — bilim, g‘oya, obraz va axborotlarni saqlash hamda tarqatish vositasi, inson tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. U ijtimoy-siyosiy, ilmiy va estetik qarashlarni shakllantiradi, shuningdek, tarbiya quroli va buyuk ma'naviy boylik hisoblanadi.. Kitob bu — buyuk boylik, inson undan foydalana olguniga qadar! 📔Kitoblar bilan yaqindan tanishgani sayin inson ko‘p narsalarga o‘zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. 📌 Yaxshi, manfaatli kitoblar juda ham ko‘p. Hattoki haftasiga bittadan kitob o‘qiganingizda ham, barcha yaxshi kitoblarni o‘qib chiqishga ulgurmaysiz. Shuning uchun ham kitobni tez o‘qishni o‘rganib olish foydadan xoli bo‘lmaydi. Kitobni tez o‘qish, tajriba bilan bog‘liq bo‘lib, siz qanchalik ko‘p va muntazam kitob o‘qisangiz, o‘qish tezligingiz shunchalik yuqori bo‘ladi. ⠀TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK