Isi
#9_fevral#Alisher_Navoiy 9-fevral — Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Temuriylar davlatining ilmiy va madaniy markazlaridan biri boʻlmish Hirot shahrida tavallud topgan. Mir Alisher Navoiy – buyuk shoir, adib va mutafakkir, o‘zbek adabiyotining asoschilaridan biridir. Navoiy o‘zining sermazmun, badiiy jihatdan mukammal asarlari bilan adabiyotimizni yangi bosqichga olib chiqdi. Uning asarlari nafaqat badiiy go‘zalligi, balki insonparvarlik, axloqiy, vatanparvarlik va ilmga intilish kabi yuksak qadriyatlarni targ‘ib qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Darhaqiqat, Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon va bu buyuk meros yosh avlod uchun ma’naviyat chashmasi bo‘lib xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 🌐Shahrixon tumam 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK