Isi
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 #Kelajak_markazlari ✅ Bugun “Ta’limda sifat, tanlovda shaffoflik” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maktab maslahatchiligi lavozimi uchun talabgorlarni saralash bo‘yicha Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi. 🔰 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova qatnashib, amalga oshirilayotgan ishlar, oldimizda turgan vazifalar va rejalar haqida so‘z yuritdi. ⏰ Treningda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Respublika "Kelajak markazi" direktori Indira Xoldorova, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy "Kelajak markazlari" rahbarlari ham ishtirok etishdi. ➖ Seminar doirasida mas‘ullar tomonidan: ➖Maktab maslahatchilari uchun test yakunlari va suhbat o‘tkazish, ➖Kadrlar siyosatini rivojlantirish: zamonaviy yondashuvlar va strategik ustuvorliklar, ➖Hududiy “Kelajak” markazlari faoliyatini tashkil etishda moliyaviy masalalar yuzasidan mahorat darslari tashkil etildi. 🌐 Shuningdek, hududiy “Kelajak” markazlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar ham bo‘lib o‘tdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin