Isi
🇺🇿🤝 🇨🇳Agentlik delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro hamkorlik treninglarida ✅2026-yilning 1–7-fevral kunlari Urumchi shahrida (Xitoy Xalq Respublikasi) o‘tkazilayotgan xalqaro hamkorlik treninglarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro dasturda Agentlik tizimidagi: Prezident maktablari; ijod maktablari; sport maktablari; ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribali rahbarlari va ilg‘or o‘qituvchilari qatnashmoqda. Trening doirasida ishtirokchilar: — ta’lim boshqaruviga sun’iy intellektni joriy etish; — aqlli (Smart) ta’lim tizimlari; — raqamli transformatsiya asosida qaror qabul qilishni optimallashtirish; — ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion pedagogik modellar bo‘yicha ilg‘or bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. ✅Shuningdek, trening natijalari asosida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda tashkil etilgan Cambridge sinflarini yanada takomillashtirish, ularda: — xalqaro standartlarga mos STEM va AI elementlarini integratsiya qilish; — o‘qitish metodologiyasini raqamli platforma asosida yangilash; — o‘qituvchilarning xalqaro malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ushbu xalqaro hamkorlik Agentlik mutaxassislari va ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani milliy ta’lim tizimiga joriy etish hamda O‘zbekiston ta’limini global raqobatbardosh darajaga olib chiqishda muhim strategik qadam hisoblanadi. ✅ Ushbu hamkorlik kelgusida ham yangi loyihalar, innovatsion tashabbuslar va ta’lim sohasidagi global integratsiya uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal