Isi
📚✨ Ochiq dars Bugun 5–6-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Adabiyot fanidan ustozlarimiz G.Qurbonova hamda J.Isaqovalar tomonidan buyuk bobokalonlarimiz — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 va Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan mazmunli ochiq dars tashkil etildi. Dars jarayonida o‘quvchilar ikki ulug‘ mutafakkirimizning hayoti va ijodi haqida chuqur ma’lumotlar berib, she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda qiziqarli chiqishlar orqali faol ishtirok etdilar. Ochiq darsda maktab direktori va bir nechta ustozlar qatnashib, darsni yuqori baholab, iliq fikrlar bildirdilar. ✨ Bunday darslar o‘quvchilarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan mehrni oshirish, ajdodlarimiz merosini qadrlash va yosh avlod qalbida Vatanga, ilmga muhabbat uyg‘otishga xizmat qiladi. 📌 Ustozlarimizga va faol qatnashgan o‘quvchilarimizga katta rahmat! 🌐Shahrixon tumam ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK