TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5160

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan412Jumlah tampilan
Diposting23 Feb23/02/2026, 09.10
Isi postingan

Isi

“BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ” 🏢 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida “Pedagog – bolaning himoyachisi” mavzusida oʻquv-mashgʻulot tashkil etildi. Mashgʻulotning asosiy maqsadi taʼlim muassasasida sogʻlom maʼnaviy-psixologik muhitni shakllantirish, zoʻravonlikning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish hamda pedagog xodimlarning bola huquqlarini himoya qilish borasidagi masʼuliyatini yanada kuchaytirishdan iborat boʻldi. ✅ Mashgʻulotda: - taʼlim jarayonida uchrashi mumkin boʻlgan zoʻravonlik holatlarining oldini olish, - oʻquvchilar bilan samarali muloqot oʻrnatish, - nizoli vaziyatlarni tinch yoʻl bilan hal etish, - pedagogning huquqiy va axloqiy masʼuliyati haqida atroflicha fikr almashildi. ✅ Farzandlarimizning baxtli va xavfsiz kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamizdir. Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK