Isi
PAYSHANBA YOSHLAR KUNI! ⚜Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iste’dodini ro‘yobga chiqarish maqsadida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilash to‘g‘risida muhim qaror qabul qilindi. Ushbu tashabbus yurtimiz yoshlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib, ularning faolligi, tashabbuskorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. ⚜Mazkur qaror ijrosi doirasida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ayniqsa, shaxmat musobaqasiga tantanali ravishda start berilgani tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. ⚜Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik, do‘stlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan bunday tashabbuslar kelajak avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.