Isi
#Oʻquv seminar mashgʻuloti #MMIBDOʻlar ishtirokida. Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Maktablarda sog‘lom muhit orqali sog‘lom jamoaviy ruhni shakllantirish va sifatli ta’limni ta’minlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy g‘oyasi “Biz bolani o‘zgartirmaymiz, biz muhitni o‘zgartiramiz. Muhit o‘zgarsa — bola o‘zi o‘zgaradi” degan tamoyilga asoslandi. Tadbir davomida maktablarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘quvchilar bilan samarali ishlash hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Bunday seminarlarning ko‘proq tashkil etilishi tajriba almashishga xizmat qilib, ta’lim sifatini yanada oshirishga yordam beradi.