Isi
📢 “Amaliy muammo asosida o‘qitish (Problem-Based Learning)” mavzusida seminar-trening. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kasbiy rivojlanish kuni” loyihasi doirasida Xorijiy til fanlari o‘qituvchilari uchun KRK seminar-treningi tashkil etildi. 🔰 Treningda amaliy muammo asosida o‘qitish yondashuvi, o‘quvchilar faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda matematik tushunchalarni real hayot bilan bog‘lab o‘qitish usullari muhokama qilindi. Mashg‘ulot davomida “Uchar samolyot”, “33 metodi” va mantiqiy savollar metodlari qo‘llanilib, ishtirokchilarning hamkorlikda ishlash, tahlil qilish va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. ➖Seminar-trening o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda tajriba almashish uchun samarali maydon bo‘ldi.