Isi
#Tõgarak_5_muhim_tashabbus #♟⌛️🏁 🏫Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida belgilangan reja asosida navbatdagi “Shaxmat” to‘garagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. ⚡️ Mashg‘ulot davomida shaxmat o‘yinining qoidalari hamda musobaqalarda vaqt taqsimoti haqida ma’lumot berildi. Odatda shaxmat musobaqalarida ma’lum miqdordagi yurishlarni bajarish uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5; 2 yoki 1,5 soat ajratilishi mumkin. Tezkor shaxmatda esa o‘yinni yakunlash uchun 30, 25, 15 yoki 5 daqiqa vaqt beriladi. 😀 Bugungi kunda shaxmat dunyodagi eng mashhur intellektual sport turlaridan biri hisoblanadi. ✅ O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hamda mantiqiy fikrlashni kuchaytirishda ushbu sport turi muhim ahamiyat kasb etmoqda. To‘garak rahbari: S.Ismoilov Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.