Isi
#Yoshlar_kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning payshanba kuni - “Yoshlar kuni” etib belgilangan edi. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf oʻquvchilari bilan maktab direktori N.R.Pozilov tomonidan davra uchrashuv tashkil etildi. maktab maslaxatchisi A.Parpiyev,A.Andayevalar ishtirok etdilar. Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan yangi imtiyozlar, oliy ta’lim va kasb-hunar egallashdagi keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.Oʻquvchilar kelajagi uchun bugun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli buzg‘unchi g‘oyalar, jumladan, radikal oqimlarning zararli oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan yot mafkuralarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuv asnosida kun tartibidagi mavzularga oid videoroliklar va taqdimotlar namoyish etildi. Bizni ijtimoiy tarmoq TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.