Isi
#Yoshlar_kuni #Kitob mutolaa vaqtlari. Kitob – bilim va tafakkur manbai. 🔹Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” tadbirlari davom etmoqda. 🔹Ushbu kun munosabati bilan yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy an’ana va urf-odatlarga hurmat hissini shakllantirish, shuningdek, ularning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. 🔹Tadbirlar doirasida o‘quvchilar bilan davra suhbatlari, adabiy uchrashuvlar, kitobxonlik targ‘iboti, she’rxonlik va ijodiy muloqotlar o‘tkazilib, yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanmoqda. Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.