TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5475

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan519Jumlah tampilan
Diposting14 Mar14/03/2026, 06.46
Isi postingan

Isi

Umumxalq xayriya hashari Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi. Hasharda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida maktab hududi va uning atrof-muhiti tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi, yashil hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, sinfxonalar, yo‘laklar hamda sport maydonchalari tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mazkur hashar maktab hududining yanada obod bo‘lishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda o‘quvchilarda mehnatsevarlik va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.