TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Ismingizda bordir oydin bir ma’no, Sizdayin go‘zalni ko‘rmabdi dunyo. Qalbimning to‘ridan joy olgan malak, Sizsiz bu hayotim rangsiz bir qaro Maftun etdi meni sehrli ko‘zlar, Unutildi hatto eng shirin so‘zlar. Bahorning ilk guli misoli sofsiz, Intizor qalbim hamon sizni izlar. Muhabbat bog‘ida tanho gulimsiz, Umidim yulduzi, charog‘onimsiz. Bu ko‘ngil sarhadin zabt etgan malak, Ishqingiz dardiga davo o‘zingiz. Nigohingiz olov, yoqar jonimni, Azizam, bezaysiz har bir onimni. Qo'sh qo'llab berardim bir bor so'rsangiz, Ko'ksimdagi qaynoqqina jonimni. Men sizni sevardim jonimdan ortiq Hattoki tushimda koʻrgandim sizni Shu paytda yurakni qilgandim tortiq Tangrim yetishtirsin visolga bizni Muallif: Boburjon QODIRIY