Isi
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ TALABA QIZLAR O‘RTASIDA NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “BALLI QIZLAR” TANLOVI O‘TKAZILDI 📢 Yurtimizda bahorning tarovatli nafasi bilan birga Navro‘z ayyomi keng nishonlanayotgan ushbu go‘zal kunlarda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. 🗒 Xususan, bugun, 18-mart kuni maktabda o‘qituvchi N.Sultonova va N.Maqsudova tashabbusi bilan 6-7-sinf qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko'rik-tanlovi tashkil etildi. 👥 Tanlov davomida ishtirokchilar Navro‘z dasturxoni bezatish hamda turli ijodiy shartlar orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar. 🔥 Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ➡️ Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar o‘rtasida iqtidor va faollikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.