Isi
HAYIT MUBORAK O‘ttiz kunda sinar nafsning kuchi ham, Ibodat lazzati yoritdi olam. Gohida ko‘zlarda qalqidi yosh ham, Bugun bayram qilar har bitta odam. Allohning rahmati yog‘ildi har kun, Nurga to‘ldi hatto eng qorong‘u tun. Mag‘firat tiladik har sahar, har shom, Gunohlar yuvilsin, dillardir butun. Ota-ona ko‘ngli — ulug‘ ziyorat, Ular bor xonadon topmas asorat. Qo‘ni-qo‘shni bilan bo‘ling jilmayib, Xushfe’llik o‘zi ham katta ibodat. Kim yetdi, kim yetmay armonda qoldi, Kimlardir qadrini bugun kech bildi. Shukurki, bizlarga nasib etdi baxt, Hayit ham sog‘inchli xabar bo‘p keldi. Duo qilaylik biz tinchlikni so‘rab, Yashaylik iymonni mehrga o‘rab. Olam shodliklarga bo‘lsin to‘la-to‘l, "Hayit muborak" de har yerga qarab! ✍:Boburjon Qodiriy