TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5655

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan490Jumlah tampilan
Diposting31 Mar31/03/2026, 06.57
Isi postingan

Isi

#Men Buyuk el farzandiman. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakati dasturining 3.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi avlod – yangi ruhiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir doirasida MMIBDO O‘. Akbarov hamda tarbiya fani o‘qituvchisi D. Maqsudovlar tomonidan o‘quvchilar ishtirokida davra suhbatlari olib borildi. Suhbatlar davomida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy ruhiyatni yuksaltirish, qadimiy urf-odat va an’analarni zamonaviy talqinda tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilarga milliy qadriyatlarimizning ahamiyati, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqat ruhida yashash zarurligi haqida tushunchalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.