TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5702

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan515Jumlah tampilan
Diposting4 Apr04/04/2026, 07.23
Isi postingan

Isi

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Oy kitobxoni” tanlovi tashkil etildi. Tanlov ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari B. Samatova, D. Raxmonova hamda maktab kutubxonasi rahbari D. Maqsudovalar tashabbusi bilan o‘tkazildi.Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘qigan asarlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilib,savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim darajasi, nutq madaniyati va kitobxonlik saviyasi baholanib, eng faol va bilimdon o‘quvchilar “Oy kitobxoni” nominatsiyasi bilan taqdirlanadilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi. TELEGRAM | FACEBOOK