TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5717

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan533Jumlah tampilan
Diposting6 Apr06/04/2026, 04.16
Isi postingan

Isi

#Kelajak soat Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sinf rahbarlari tomonidan 5-11-sinflar uchun “Kelajak soati” doirasida “Sohibqiron Amir Temur” mavzusida mazmunli dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning avvalgi bilimlari mustahkamlanib, buyuk sarkardaning hayoti, faoliyati va tarixiy ahamiyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. Dars jarayonida o‘quvchilar bilan interaktiv savol-javoblar, videomateriallar hamda qiziqarli topshiriqlar orqali mavzu yoritildi. Ayniqsa, Amir Temurning kuch, adolat, ilm va bunyodkorlik kabi fazilatlari misolida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ulari shakllantirildi. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar buyuk ajdodlar merosidan saboq olib, bugungi kunda ham bu qadriyatlarning ahamiyati yuqori ekanligini anglab yetdilar. Dars o‘quvchilarda vatanparvarlik, yetakchilik va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK