TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5741

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan374Jumlah tampilan
Diposting9 Apr09/04/2026, 14.38
Isi postingan

Isi

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan tarix fani o‘qituvchilari S. Usmonov hamda M. Toshtemirovlar navbatdagi malaka toifa sinovlarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. Ustozlarimiz o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, sinov jarayonida yuqori ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldilar hamda vazir ustamasiga ega bo‘lish sharafiga sazovor bo‘ldilar. Bu yutuq, avvalo, ustozlarimizning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, tinimsiz izlanishlari va o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish yo‘lidagi fidokorona mehnatlarining yorqin natijasidir. Ularning dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi, tarix faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi yondashuvlari hamda o‘quvchilar bilan ishlashdagi yuqori mahorati alohida e’tirofga loyiqdir. Shuningdek, ushbu muvaffaqiyat maktab jamoasining ham umumiy yutug‘i bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlarning samarasi sifatida baholanadi. Ustozlarni samimiy muborakbod etamiz.