TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5895

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan634Jumlah tampilan
Diposting4 Mei04/05/2026, 03.53
Isi postingan

Isi

#Shahrixon tuman IM #Kelajak_soati “Kelajak soati” – o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, ularda Vatanga muhabbat, ajdodlarga hurmat va kelajak oldidagi mas’uliyat hissini shakllantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga millat fidoyilari, xotira va qadrlash tushunchalari sodda va ta’sirchan misollar orqali tushuntiriladi. Sinf rahbarlar darsni qiziqarli kirish qismi (masalan, badiiy xat yoki hayotiy voqea) bilan boshladi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undadi. “Kelajak soati”ni samarali tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: mavzuga mos tarbiyaviy materiallar va vizual vositalardan foydalanish; o‘quvchilarni faol ishtirok etishga jalb qilish; hayotiy misollar orqali tushuntirish; hurmat, minnatdorlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK