Isi
Shahrixon tumanida "Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari olib borildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoni bilan belgilangan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan: Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi A.Parpiyev tomonidan tumandagi umumiy oʼrta taʼlim maktablari maslahatchilari va amaliyotchi psixologlari seminar-trening tashkil etildi. Mavzu: "Prezident iqtidorli farzandlari"-Yangi O'zbekiston strategik kelajagi. — Milliy dastur platformasi va uning imkoniyatlari; -- Al Beruniy xalqaro maktabi va imkoniyatlar; — Qabul jarayonlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi; — Ta’lim olishdagi zamonaviy imkoniyatlar; — Yetakchi xalqaro (TOP-10) universitetlarga kirish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi.