Isi
31/2025-mavzu KITOB – TAFAKKUR XAZINASI Mutaxassislarning qayd etishicha, mutolaa asabni tinchlantiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi, tinglash, ijodkorlik va fikrlash qobiliyatlarini yuksaltiradi. Muhimi, maqsadni anglashga, qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi, insonni go‘zallashtiradi, uni yaxshilik qilishga undaydi. Hatto birga kitob o‘qish ota-ona va bolalarning o‘zaro munosabatini mustahkamlaydi. Yuqorida qayd etganimizdek, mutolaa kishini fikrlashga, tafakkur qilishga undaydi. Zero, jahon adabiyotining buyuk namoyandasi, Nobel mukofoti sovrindori Hermann Hesse «Biz o‘zimizni va turmushimizni unu¬tish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun o‘qishimiz kerak», deya bejiz ta’kidlamagan. Sharq donishmandlaridan biri esa «Fikr senga yaxshi va yomon amallaringni ko‘rsatib turadigan ko‘zgudir», degan. Fikr va tafakkursiz hech bir inson oldinga siljimaydi. Shuning uchun yurtimizda kitob o‘qishni targ‘ib qilish, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda 2019-yil 7-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari mazkur sohani tamomila yangi rivoj¬lanish bosqichiga o‘tishiga huquqiy zamin bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi qarori bilan 2020–2025-yillarda kitob¬xonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi. Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagi: – aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitob¬larni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlash; – milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish; – kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish; – kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga mos-lashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish; – aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rga¬nib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish; – xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududi-ga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi qator vazifalar belgilangan.