TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #5963

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan500Jumlah tampilan
Diposting24 hari yang lalu17/05/2026, 16.09
Isi postingan

Isi

Siz ketsangiz… Siz ketsangiz nima o‘zgarar, Shu-shu hayot etadi davom. Kirsa, aqlim sal ko‘proq kirar, Vaqt ko‘nglimga bo‘ladi da’vo. Siz ketsangiz odamlar haqda, O‘zgarmagay fikrim, xulosam. O‘zgarsa shu yo‘llar o‘zgarar, O‘zgaradi borar darvozam. Balki hozir, balki ertaga, Mehrim andak qotishi mumkin. Va qolishi mumkin ko‘ksimda, Ismingizga atalgan tugun. Siz ketsangiz, xayr demayman, Xayr demoq, g‘urur bilan or. Ko‘p o‘ylamang, yolg‘iz qolmayman, Axir Xudo, Axir sevgi bor! Va ketdingiz, juda xotirjam, Yuragimda o‘sha-o‘sha cho‘g‘. Men yaxshiman, Ammo osmonning, Necha kunki kayfiyati yo‘q! Muallif:Boburjon Qodiriy https://t.me/Qodiriy_sheriyati