TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Sobir Muhammad avatar

TGINSIGHT CHAT

Sobir Muhammad

@sobir_mukhammad

Blog

hikoyachi.

Pelanggan203Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak102Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini9,300Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 8 dari 9 · 102 postingan

Diposting 23 Apr

"Qahramon". She'r muallifi va o'qidi: @Jontemir_t Tasvir va montaj ustasi: @sobir_mukhammad

2,760 views

Diposting 23 Apr

Sebastio Salgado suratlari @sobir_mukhammad

375 views

Diposting 23 Apr

Mashhur fotograf Sebastio Salgado oq va qora hujjatli fotografiyaning buyuk ustasi sifatida tanilgan. Uning hayotiy hikoyasi fotosuratlari kabi ajoyibdir. "Fotografiya fotojurnalistikadan, hikoyalardan ko'ra kattaroq fotografiya mening hayot tarzim". Manba: Magnum photos @sobir_mukhammad

316 views

Diposting 20 Apr

* * * Assalomu alaykum, Bobo, unutilgan otashgohlarda qolgan soʻnggi gulxan misoli yoding, bir kiprik yumilsa soʻnadi u ham sogʻinching taftidan beasar kezib qoshingga sayyohday qoʻnyapman yana borar yoʻl ankabut toʻriday chigal oʻylayman qiyofang koʻzlaring rangin, doʻrildoq ovozda kitob oʻqishing qadoq qoʻllaring-la uzishing anjir choponing pinjida asrab shamoldan, namoz oʻrgatishing, salom bermoqlikni ikki tarafga. men qatl etganim kapalaklar-chun koyisang, soʻzlamay saqlasang gina hovuchim toʻldirib shotut keltirsam xotirjam jilmaysang “Sobir, nabiram” betasvir yoʻqliklar ichra kunma-kun sensiz xotiralar qovjirar bunda saqlab qolmoq boʻlsam bor-yoʻgʻi maʼlum sen aroq sotganing doʻkonda kechir sheʼrda aytib boʻlmaydi yolgʻon. balki musavvirsan yoki majnun yoki keltirgansan samodan paygʻom Bobo – latifroqdir bu soʻz men uchun, tushun, yozgim kelar sening toʻgʻringda toki hech unutib qoʻymayin seni kiftimda kaftingni turayin sezib toki his qilmayin begonalikni… Bobo, azon aytildi Izn ber So'zimni qilaman yakun Assalomu alaykum, Bobo. Assalomu alaykum... @sobir_mukhammad

474 views

Diposting 15 Apr

Andijon. 2024. @sobir_mukhammad

381 views

Diposting 13 Apr

Parkent. 2025 @sobir_mukhammad

579 views

Diposting 10 Apr

Chorsu @sobir_mukhammad

541 views

Diposting 9 Apr

Meni taniganlar Documentary foto, filmlarga qiziqishimni bilishadi. Hikoya qilish bu ajoyib jarayon, she'r zavqini tuyaman har gal surat olayotgan lahzada. Hozircha ishlarimda no'noqliklar ko'p. Lekin baribir sizga, ishlarnimni ulashishni istayman. Quyida oldingi yili olgan kichik mood video, comentda yozingizlar, o'qiyman. @sobir_mukhammad https://youtu.be/dfRdJa4wvfo?si=Zmr6NRWYHH_A2dJD

505 views

Diposting 6 Apr

Tirikchilik. Tashkent 2025 @sobir_mukhammad

454 views

Diposting 4 Apr

@sobir_mukhammad

435 views

Diposting 2 Apr

2024

630 views

Diposting 13 Mar

Asqar Mahkam Bu uyda bir paytlar buvim yashagan, mehrsiz kelinin dastidan yonib. Poydevor toshini o‘zi tashlagan, Bizlarga non yopgan tunlar uyg‘onib. O‘zi yer chopardi, o‘zi ekardi, nevara tashvishi, besh mahal namoz. G‘am oshib ketganda nos ham chekardi. Qo‘shnilar goh yarash, gohi payt araz. Ayriliq dardida oqargan sochi, sarg‘ayib borardi kun o‘tgan sayin, turmushga yetardi bazo‘r qulochi, bu davru zamonga yetmasdi tayin. Men esa shoirman - boru yo‘g‘im shu... Ba’zan she’r to‘qiyman o‘shanga atab. She’r nima bilmagan va bilmaydi u, o‘ylab ham ko‘rmagan yetmish yil yashab... Bu uyda bir vaqtlar buvim yashagan. @sobir_mukhammad

1,850 views
12•••6789