TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi
Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi avatar

TGINSIGHT POST

Post #4432

@uzb_ridp

Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi

Tampilan802Jumlah tampilan
Diposting7 Mei07/05/2026, 11.00
Isi postingan

Isi

🟦Hazorasp tumani: “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida yo‘l qurilishi ishlari davom etmoqda 🗺 “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi yo‘l qurilish obyektlarida belgilangan ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. 💻 Loyihalarning umumiy shartnoma qiymati 11 mlrd 930 mln so‘mni tashkil etib, bugungi kunga qadar 6 mlrd 406 mln so‘mlik ishlar bajarildi. Bu umumiy rejaning 54 foiziga teng. Shuningdek, moliyalashtirish hisobiga 3 mlrd 578 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu 30 foizni tashkil qiladi. ⏺ Jumladan, Hazorasp tumani “Bog‘irog‘lar” MFYda 12,2 km ichki ko‘chalarni asfaltlash obyekti bo‘yicha shartnoma qiymati 4 mlrd 995 mln so‘mni tashkil etadi. ⏺ Shuningdek, tumandagi “Bo‘ston” MFYda 17,8 km ichki ko‘chalarni asfaltlash amalga oshirilib, obyektning shartnoma qiymati 6 mlrd 936 mln so‘mni tashkil etadi. 🗣 Hazorasp tumanida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari zamonaviy infratuzilmani yaratishga, transport harakati xavfsizligini ta’minlashga hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. 💬Batafsil 🔗Hazorasp tumani hokimligi matbuot xizmati 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube